Jamiyat | 20:19 / 24.04.2021
2674
2 daqiqa o‘qiladi

4 ta MChJ ochib 1,6 mlrd so‘mni talon-toroj qilgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Departamentning Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi ATB “Agrobank” va AT “Xalq bank” Jarqo‘rg‘on filiallarining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazdi. Taftish davomida fuqaro A.A. tanishlari nomiga 4 ta MChJ tashkil etib, bank filialidan maishiy xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish uchun ajratilgan kredit mablag‘ining 1,6 mlrd  so‘mini talon-toroj qilgani aniqlandi.

Shuningdek, u AT “Xalq banki” Jarqo‘rg‘on filiali sobiq boshqaruvchisi M. bilan til biriktirib, garov ta'minoti sifatida turgan “Doosan” rusumli ekskavator va “Spark” avtotransport vositasini soxta ma'lumotlar asosida taqiqdan chiqarishga erishib, bank manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish), 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
 

Mavzuga oid