Almatida otishma sodir etgan shaxs uyiga yashirinib oldi. Politsiya uni qo‘lga olish operatsiyasini o‘tkazmoqda
Qurollangan shaxs politsiya bilan muloqot qilishga ko‘nmayapti. Shu bilan birga, u zinapoya maydonchasi tomon 10 martadan ortiq o‘q uzgani aytilmoqda.
Almati politsiyasi «Buxar Jirau Tauers» yashash majmuasida otishma sodir etgan shaxs bilan muzokara olib borishga urinmoqda, deb xabar berdi Tengrinews.kz.
Politsiyaning ma'lumot berishicha, u kunduzi Buxar Jirau xiyobonida qorovul bilan tortishib qolgan va unga ov miltig‘idan o‘q uzib jarohat yetkazgan.
Shundan so‘ng gumondor xonadoniga kirib, eshikni qulflab olgan. Qurollangan shaxs politsiya bilan muloqot qilishga ko‘nmayapti. Shu bilan birga, u zinapoya maydonchasi tomon 10 martadan ortiq o‘q uzgani aytilmoqda.
«Xavfsizlikni ta'minlash maqsadida ushbu uydagi aholi evakuatsiya qilindi. Politsiya fuqarolarni xotirjamlikka chaqirmoqda. Jinoyatchini qo‘lga olish va zararsizlantirish operatsiyasi davom etmoqda», – deyiladi politsiya xabarida.
Jarohatlangan shaxs reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgani xabar qilingan.
Mavzuga oid
11:50 / 20.09.2024
Wildberries ofisidagi otishmada ishtirok etganlar tergov izolyatoriga jo‘natildi
10:28 / 20.09.2024
AQShda sherif sudyani otib o‘ldirdi
12:40 / 19.09.2024
Wildberries ofisida sodir bo‘lgan otishma oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
08:40 / 16.09.2024