Navoiyda tarmoqlararo kooperatsiya sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda
Navoiy shahridagi «Navoiy mashinasozlik zavodi» ishlab chiqarish birlashmasida metallurgiya, mashinasozlik, energetika, kimyo sanoati va qurilish materiallari sohasida respublika tarmoqlararo kooperatsiya sanoat yarmarkasi o‘tkazilyapti.
Yarmarkada respublikaning turli hududlaridan 29 ta yirik sanoat tarmoq korxonalari va 500 nafarga yaqin tadbirkorlik sub'yektlari vakillari qatnashmoqda.
Yarmarkaning ochilish marosimida prezident maslahatchisi o‘rinbosari Galina Saidova, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari Bobur Abdinazarov, Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov, Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori Quvondiq Sanaqulov ishtirok etdi.
Ma'lum qilinishicha, joriy yilda Navoiy kon-metallurgiya kombinatida 154 ta loyiha bo‘yicha qariyb 433 milliard so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulot, shu jumladan, 82 milliard so‘mlik 71 ta yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish, shuningdek, sanoat kooperatsiya doirasida 3,8 trillion so‘mlik import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar xarid qilish ko‘zda tutilgan.
O‘tgan o‘n yilda kombinat mutaxassislari tomonidan 40 dan ortiq ixtirolar O‘zbekiston, Rossiya, Ukraina, Germaniya va Shveytsariyaning patent idoralari tomonidan patentlangan. Hozirgi kunda 17 ta ixtirodan ishlab chiqarish jarayonida foydalanilmoqda, 13 tasini joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilyapti.
O‘tkazilayotgan tarmoqlararo kooperatsiya sanoat yarmarkasi doirasida Elektron kooperatsiya portali orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan sanoat mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha shartnomalar tuzish mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
17:58 / 02.11.2016
Toshkentda o‘tgan sanoat yarmarkasida tuzilgan shartnomalar o‘tgan yilga qaraganda 1,16 marta oshdi
18:02 / 26.10.2016
Toshkentda X Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi bo‘lib o‘tmoqda
09:50 / 25.10.2016