O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 550 mingga yaqinlashdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi 24 aprel kuni respublika hududlari bo‘ylab jami 15 778 nafar kishi COVID-19ga qarshi emlangani haqida xabar berdi.
Shu tariqa ayni kungacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 544 529 nafarga yetdi.
24 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
- Surxondaryo viloyati (3161 nafar),
- Samarqand viloyati (2554 nafar),
- Namangan viloyati (2235 nafar) band qildi.
Koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni:
- Farg‘ona viloyatida 73 479 nafar,
- Namangan viloyatida 58 995 nafar,
- Samarqand viloyatida 54 054 nafar,
- Andijon viloyatida 52 435 nafarni tashkil qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlari 1 apreldan viloyatlar markazlari va katta shaharlarda boshlandi. May oyida emlash tadbirlari tuman markazlari va kichik shaharlarda amalga oshiriladi.
Vaksina 65 yoshdan oshgan fuqarolarga va COVID-19'ni yuqtirish xavfi bo‘lgan tibbiyot xodimlariga bepul berilmoqda. Iyun oyida esa boshqa aholi qatlamini ham emlashni boshlash rejalashtirilgan.
Ayni paytda o‘zbekistonliklar AstraZeneca va Xitoy va O‘zbekiston hamkorligidagi ZF-UZ-VAS2001 vaksinasi bilan emlanmoqda.
23 aprel kuni mamlakatga «Sputnik V» vaksinasining dastlabki partiyasi keltirildi.
COVAX dasturi doirasida joriy yilning may-iyun oylarida 2 mln doza AstraZeneca, aprel-iyun oylarida esa 3,5 mln doza ZF-UZ-VAK2001 vaksinalarini O‘zbekistonga olib kelish rejalashtirilgan.
Yil oxirigacha 7 million kishini emlash rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
07:24 / 16.02.2022
YUNISEF O‘zbekistonga vaksina omborlari uchun 500 ming dollarlik uskunalar taqdim etdi
10:58 / 03.02.2022
O‘zbekiston Rossiya vaksinalarini import qilish bo‘yicha top-5 davlat qatoriga kirdi
16:41 / 31.01.2022
O‘zbekistonlik biolog: Ilk vaksina musulmon olimi tomonidan yaratilgan
08:44 / 19.01.2022