Telegram’da Payme va CLICK yordamida karta orqali to‘lov qilish imkoniyati paydo bo‘ldi
To‘lovlar platformasi ochiq va bepul – Telegram komissiya olmaydi va to‘lov ma'lumotlarini saqlamaydi.
Telegram messenjeri navbatdagi yangilanish haqida ma'lum qildi. Bu yangilanishda istalgan chatda to‘lash uchun to‘lovlar, ovozli chatlar uchun rejalashtirish va mini profillar, brauzerlar uchun Telegram’ning yangi versiyalari va boshqalar taqdim etilmoqda.
Xabar qilinishicha, ushbu yangilanish Payme va CLICK kabi 8ta to‘lov tizimi yordamida istalgan chatda karta orqali to‘lovlarni qabul qilish imkonini beradi.
“Bundan tashqari, to‘lov paytida choychaqa qo‘shish va sevimli muallif, qahvaxona yoki do‘konni qo‘llab-quvvatlash mumkin. To‘lov uchun istalgan ilovadan, jumladan, kompyuter uchun Telegram’dan foydalanish mumkin”, deyiladi xabarda.
To‘lovlar platformasi ochiq va bepul – Telegram komissiya olmaydi va to‘lov ma'lumotlarini saqlamaydi. Rekvizitlar bevosita to‘lov tizimiga, yetkazib berish axboroti esa mahsulotni yuborishi uchun sotuvchiga yuboriladi.
Navbatdagi yangilanishga ko‘ra, endi guruh va kanallar administratorlari barcha xohlovchilar rejalarini tuzishi, tanishlariga hodisa haqida aytishi uchun muayyan sana va vaqtga kelgusi ovozli chatni rejalashtirishi mumkin.
Shuningdek, yangi, to‘liq funksiyali Telegram veb ilovalari taqdim etildi.
Mavzuga oid
18:26 / 23.12.2024
Telegram 2024 yilda 1 milliard dollar daromad qildi
20:54 / 12.12.2024
Telegram 2024 yilda 15 milliondan ziyod kanal va guruhlarni blokladi
21:19 / 09.12.2024
Ukraina rasmiylari Telegram ilovasidan foydalanishni kamaytirdi – OAV
20:04 / 26.11.2024