Jahon | 14:45 / 26.04.2021
8892
1 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy Putin bilan istalgan joyda uchrashishga tayyorligini aytdi

Avvalroq Putin ukrainalik hamkasbi «istagan vaqtida» Moskvaga kelishi mumkinligini aytgandi.

Foto: president.gov.ua-Ofs

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy rossiyalik hamkasbi bilan istalgan joyda uchrashishga tayyorligini bildirdi, deb yozmoqda Financial Times.

«Bizni uchrashuv joyi o‘ylantirmaydi, gap uchrashuv mazmunida», — degan u.

Zelenskiy 20 aprel kuni Putinga «Donbassning istalgan yerida uchrashish»ni taklif qilgandi.

Oradan ikki kun o‘tib, Putin ukrainalik hamkasbi «istagan vaqtida» Moskvaga kelishi mumkinligini aytdi.

Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Reznikov Zelenskiy bu taklifni qabul qilmasligini aytdi, uning so‘zlariga ko‘ra, prezident «poytaxtga borib, tajovuzkor mamlakat vakili bilan uchrashmaydi».

Mavzuga oid