O‘zbekiston | 12:00 / 27.04.2021
6821
3 daqiqa o‘qiladi

British Management University matematika fanidan kirish imtihonlarini davom ettirmoqda

Abituriyentlar uchun matematika fanidan test sinovlari har shanba kuni universitet binosida, ya’ni Toshkent shahar Shayxontohur tumani Sebzor ko‘chasi 22A uyda bo‘lib o‘tadi.

Mamlakatdagi epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda, Universitet 7-8 may kunlari Navoiy shahrida matematika bo‘yicha kirish imtihonlarini ham o‘tkazadi.

Manzil: Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti binosi, 101-xona.

Shuningdek, kelgusida kirish sinovlarini Samarqand shahrida ham o‘tkazish rejalashtirilgan.

Kirish imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ko‘rsatmalarni olish uchun, BMU rasmiy saytiga kirib, uning pastki o‘ng burchagidagi «Apply Now!» tugmasini bosishingiz kerak (www.bmu-edu.uz).

Matematika imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan va IELTS ≥ 5.5 (yoki unga tenglashtirilgan: TOEFL, Duolingo, Pearson) sertifikatini taqdim etgan abituriyentlarga uch hafta ichida Universitet tomonidan taklif xati (Offer Letter) yuboriladi.

BMU grantlari

Universitetning 100 foizlik granti kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan, iqtidorli abituriyentlarga beriladi. Bunda nomzod tegishli hujjatlarni taqdim etishi, insho (essay) yozishi va Grant ishlari bo‘yicha komissiya bilan suhbatdan o‘tishi kerak.

Universitetning 50 foizlik granti IELTSdan 7.0 va undan yuqori ball to‘plagan, matematika imtihonida yuqori natijalarga erishgan va Grant ishlari bo‘yicha komissiya bilan suhbatdan o‘tgan abituriyentlarga beriladi.

Grant olish uchun ariza, abituriyent barcha kirish imtihonlaridan o‘tgandan so‘ng va Universitetdan taklif xati (Offer Letter)ni olgandan so‘ng topshirilishi mumkin.

BMU stipendiyalari

Universitet, talabalar yuqori akademik ko‘rsatkichlarga erishishlari uchun qo‘ldan kelgancha rag‘batlantirishga harakat qiladi. Birinchi o‘quv yilining bahorgi semestridan boshlab, BMU'ning eng iqtidorli talabalari har oy 1 000 000 so‘m miqdorida «oltin» va 500 000 miqdorida «kumush» akademik stipendiyalarni qo‘lga kiritishlari mumkin.

BMU Math Exam'ga ariza topshirish uchun rasmiy saytning pastki o‘ng burchagidagi «Apply Now!» tugmasini bosish kerak.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid