O‘zbekiston | 14:44 / 28.04.2021
7731
3 daqiqa o‘qiladi

«Inflatsiya sekinlashadi, YaIM o‘sadi» - OTB O‘zbekiston iqtisodiyoti bo‘yicha prognozlarini e'lon qildi

Foto: Reuters

Osiyo taraqqiyot bankining yangi hisobotida aytilishicha, O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish bu yil va 2022 yilda koronavirus pandemiyasidan keyin tiklanishi kutilmoqda, ammo pandemiya xatari va noaniqlik xavfi saqlanib qolmoqda.

OTB o‘zining «Osiyo taraqqiyoti istiqbollari» (Asian Development Outlook 2021) yillik iqtisodiy nashrida, 2021 yilda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YaIM) 4 foiz va 2022 yilda 5 foiz darajasida o‘sishini prognoz qildi.

«Pandemiya va u bilan bog‘liq cheklovlar 2020 yilda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishni pasaytirgan bo‘lsa-da, o‘sish bu yil va kelgusi yilda tiklanishi kutilmoqda. Biroq, emlash darajasi va kuchli cheklov choralari mamlakat iqtisodiyotini tiklash uchun muhim omil bo‘lib qolmoqda», dedi OTBning O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi direktori Sindi Malvichini. «O‘zbekiston, shuningdek, o‘zining moliyaviy xatarlarini baholashni yaxshilashi, ayniqsa, davlat tashkilotlari tomonidan kuchaytirishi va tiklanishni kuchaytirish hamda barqaror, uzoq muddatli o‘sishni ta'minlash uchun xususiy sektor kapitalini davlat-xususiy sheriklik uchun safarbar etishi kerak».

Hukumatning sanoat obektlarini modernizatsiya qilish hamda ijtimoiy va shahar infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan sa'y-harakatlari tufayli investitsiyalar o‘sishning asosiy drayveri bo‘lib qolishi kutilmoqda. 2021 va 2022 yillarda o‘sish o‘rtacha 9 foizni tashkil etadi. Xususiy iste'mol ish haqi oshishi va inflatsiyaning sekinlashishi natijasida 7 foizga o‘sishi kutilmoqda. 

Elektr energiyasi va tabiiy gazga tariflar barqaror bo‘lishi kutilayotganligini inobatga olgan holda, inflatsiya 2021 yilda 10 foizgacha, 2022 yilda 9 foizgacha sekinlashishi kutilmoqda. Inflatsiyaning pasayishi fonida Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini 14 foiz darajasida ushlab turibdi. Pul-kredit organlari imtiyozli stavkalar bo‘yicha kreditlarni kamaytirishi kutilmoqda, bu bozordagilarni barcha kredit stavkalarini aniqlashga imkon yaratadi. 

Hisobotda, shuningdek, O‘zbekistonni olingan tashqi qarzlarning shaffofligini oshirishni davom ettirishga chaqirilgan. Davlat qarzlari darajasi va shartlari haqida ma'lumotlar e'lon qilish hukumat qarzlarni boshqarishga ehtiyotkorlik bilan yondashayotgani to‘g‘risida aholi xabardorligini oshirishga yordam beradi, deyiladi hisobotda.

Mavzuga oid