Temir daftardagi fuqaro undan «ixtiyoriy» chiqarib yuborilishi mumkinmi?
«Temir daftar» va «ayollar daftari»ga kiritilgan fuqaro bu daftarlardan ixtiyoriy chiqib ketishni so‘rashayotganini aytib murojaat qildi. DSQ rasmiysi bu ro‘yxatlardan chiqish uchun kengash qarori kerakligini bildirdi.
«Men kam ta'minlagan oilalar ro‘yxatida turardim. «Temir daftar» va «ayollar daftari»ga kiritishgan edi. Kecha kelib, siz o‘z ixtiyoringiz bilan mana shu daftardan chiqib ketishingiz kerak, deb aytishdi. Lekin menga bu daftardan chiqib ketish uchun amaliy ko‘mak ko‘rsatilmadi. Ayting-chi, shu xatti-harakatlar qonuniymi?»
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushgan ushbu murojaatga 27 aprel kungi matbuot anjumanida Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Abdujalil Qurbonov javob berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «temir daftar» va «ayollar daftari»dan chiqib ketishni talab qilish mumkin emas. Daftardan chiqarish faqat mahalliy deputatlar kengashi qarori bilan amalga oshiriladi.
«Temir daftar»ga kiritish va chiqarish tartibi belgilangan. Undan tashqari, «yoshlar daftari, «ayollar daftari» ham tashkil etilgan bo‘lib, platformasi yaratildi. 1 maydan ishga tushadi. Bu daftardan chiqarish faqat kengashning qarori bilan bo‘ladi.
Ya'ni sektor rahbari, mahalla hududidagi nomzodini taklif qilib, sessiyaga kiritadi. «Temir daftar»ga kirgan fuqaro oilaviy sharoiti yaxshilangan, ko‘mak ko‘rsatilgan bo‘lsa, daftardan chiqariladi. Uning mavjud sharoitini borib ko‘rib, aniqlash kerak bo‘ladi.
Shunday holatlar borki, 20 sotix yeri bo‘la turib, foydalanmaydi, o‘zi va bolalari sog‘lom. «Temir daftar»ga kiritish ham vaqtinchalik. Imkoniyati mavjudligi aniqlangan fuqaro kengash qarori bilan «temir daftar»dan chiqariladi.
Pandemiya davrida temir daftarga kiritilgan fuqarolarga 2 martadan yordam ko‘rsatildi. Biroq ixtiyoriy temir daftardan chiqarilishi mumkin emas. Unga kiritilish va chiqarish tartibi bor», – dedi DSQ vakili.
Ma'lumot uchun, ehtiyojmand oilalarning quyidagi 7 ta toifasini kambag‘allikdan chiqarish «Temir daftar»ni yuritishdan asosiy maqsad deb belgilangan:
- kam ta'minlangan;
- nogironligi bor;
- ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar;
- yakka-yolg‘iz keksalar;
- doimiy ishsiz fuqarolar;
- karantin tufayli ishsiz qolgan fuqarolar;
- og‘ir epidemiologik hududlardan qaytarib kelingan fuqarolar.
O‘tgan yili Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig‘i Ahror G‘ulomov «temir daftar»ni yuritish bo‘yicha vaqtincha belgilangan tartib asosida, fuqaroning bu ro‘yxatda bo‘lish muddatiga aniq chegara yo‘qligini aytgandi.
Mavzuga oid
12:06 / 22.10.2022
Fuqarolarning «Temir daftar»ga kirish bo‘yicha hokim yordamchisiga elektron murojaat qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
09:18 / 15.09.2022
«Temir daftar»dagi oilalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish tartibi ma’lum qilindi
16:39 / 08.09.2022
Navoiyda ehtiyojmandlarga ajratilgan yordam pullari “tuya” qilinyapti
13:50 / 16.08.2022