Jizzaxda ikki kunda ikki nafar bola mashina urib yuborishi oqibatida vafot etdi
Jizzax viloyatida 27 va 28 aprel kunlari mashina urib yuborishi oqibatida ikki nafar bola vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati rahbari Erkin Ochilov ma'lum qilgan.
Jumladan, 2021 yil 27 aprel kuni soat 8:20larda Zarbdor tumani «Tozaurug‘» MFYdan o‘tgan yo‘lda shu mahallada yashovchi 2009 yilda tug‘ilgan qiz O.Husniya «Nexia» mashinasi urib yuborishi oqibatida vafot etgan.
Shuningdek, 28 aprel kuni soat 8:25larda Yangiobod tumanidan o‘tgan davlat ahamiyatidagi 4K254 avtomobil yo‘lining 4-kilometrida 2017 yilda tug‘ilgan shu tumanning Shodlik mahallasida yashovchi o‘g‘il bola O.Javohir «Nexia» mashinasi urib yuborishi oqibatida vafot etgan.
Qayd etilishicha, 5-sinf o‘quvchisi bo‘lgan O.Husniya yo‘l chetida chorva mollarini boqib yurgan. 2017 yilda tug‘ilgan O.Javohir esa chorva mollari boqib yurgan ota-onasi bilan birga bo‘lgan. Ota-onasi uni qarovsiz qoldirishi natijasida mashina urib yuborgan.
Ma'lum bo‘lishicha, 2021 yilning uch oyi mobaynida Jizzax viloyatida bolalar bilan bog‘liq 16ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Ularda 14 nafar bola turli darajada tan jarohatlari olgan, ikki nafari esa vafot etgan.
Aprel oyida esa viloyat hududida bolalar ishtirokida 7 ta YTH sodir bo‘lgan. Oqibatda besh nafar bola turli darajada tan jarohatlari olgan. Ikki nafari vafot etgan.
Tumanlar kesimida o‘tgan yilning uch oyiga nisbatan joriy yilda bolalar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari soni Sharof Rashidov tumanida 200 foizga, Jizzax shahrida 133 foizga, Baxmal, Zomin, G‘allaorol va Mirzacho‘l tumanlarida 100 foizga oshgan.
Mavzuga oid
22:54 / 06.11.2024
Taxtaqoracha dovonida transport vositalari harakati tiklandi
20:50 / 06.11.2024
Taxtaqoracha dovonidagi halokatda uch kishi vafot etgani tasdiqlandi
18:04 / 06.11.2024
Taxtaqoracha dovonida Cobalt’ni tosh bosib qoldi. Qurbonlar bor
09:25 / 06.11.2024