O‘zbekiston | 10:09 / 30.04.2021
48316
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: O‘zbekistonda 2021 yilgi antirekord yana yangilandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus bo‘yicha antirekordlar yangilanayotgani, kunlik kasallik qayd etilishi 402 nafarga yetgani, shifoxonalarda davolanayotganlar 3000 nafardan oshgani va 2 nafar bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 29 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 90808 (+402) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

O‘tgan yil kuzidan buyon kunlik kasallanish ko‘rsatkichlari 400dan oshmagan, bir vaqtning o‘zida shifoxonalarda davonalayotgan bemorlar soni 3 mingdan oshishi o‘tgan yil yozidan buyon kuzatilmagandi. 2021 yildagi rekord ko‘rsatkich 23 aprel kuni qayd etilgan, o‘sha kuni 399 kishida virus aniqlangandi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 5 nafari Andijon viloyatida,
  • 3 nafari Buxoro viloyatida,
  • 8 nafari Jizzax viloyatida,
  • 6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 4 nafari Navoiy viloyatida,
  • 4 nafari Namangan viloyatida,
  • 69 nafari Samarqand viloyatida,
  • 6 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 6 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 9 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 6 nafari Xorazm viloyatida,
  • 64 nafari Toshkent viloyatida,
  • 209 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Andijon viloyatida 18 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 3 nafar,
  • Navoiy viloyatida 6 nafar,
  • Namangan viloyatida 6 nafar,
  • Samarqand viloyatida 22 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 3 nafar,
  • Xorazm viloyatida 1 nafar,
  • Toshkent viloyatida 42 nafar,
  • Toshkent shahrida 192 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 87067 (+293) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 649 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3092 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzuga oid