400 mingdan ortiq - Hindistonda koronavirus yuqtirish holatlari bo‘yicha rekord yangilandi
Hindiston koronavirus yuqtirish holatlari soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda 19,1 million holat qayd etilgan, 15,6 milliondan ortiq kishi sog‘aygan, 211 ming bemor vafot etgan.
Hindiston koronavirus yuqtirish holatlari bo‘yicha jahon rekordini yana yangiladi.
Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumot berishicha, o‘tgan sutkada 401 993 nafar kishida kasallik aniqlangan. Bir sutka davomida 3523 nafar bemor vafot etgan.
Hindiston 22 aprel kuni sutkalik kasallanish holatlari bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatgandi – 314,8 ming holat. So‘ngra bu raqam bir necha marta yangilandi: 23 aprelda 332,7 ming, 24 aprelda 346,7 ming, 25 aprelda 349,6 ming, 26 aprelda 352,9 ming, 29 aprelda 379,2 ming va 30 aprelda 386,4 ming.
Hindiston koronavirus yuqtirish holatlari soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda 19,1 million holat qayd etilgan, 15,6 milliondan ortiq kishi sog‘aygan, 211 ming bemor vafot etgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Hindistonda 154 milliondan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlangan.
Mavzuga oid
17:36 / 14.11.2024
Hindiston xalqaro aeroportida havoning ifloslanishi tufayli 200 dan ortiq reyslar kechiktirildi
19:27 / 13.11.2024
Pokiston va Hindistonni qoplagan tutun koinotdan ko‘rina boshladi
19:10 / 13.11.2024
Hindiston fond bozoridagi bum: moliyaviy inqilob shovqini risklarni yopib ketyaptimi?
20:33 / 07.11.2024