O‘zbekiston | 07:39 / 04.05.2021
1717
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda 42 nafar fuqaroga ichimlik suvi bo‘yicha noreal qarzdorlik yozilganligi ma'lum bo‘ldi

Tomdi tumanining Tomdibuloq ovulida yashovchi fuqaro tuman adliya bo‘limiga murojaat qilib, xonadoniga 3 oy davomida suv kelmagan bo‘lsa ham qarzdorlik hisoblanganini bildirgan hamda holatga oydinlik kiritib berishni so‘ragan.

Tomdi tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Orif Nasirovning ma'lum qilishicha, o‘rganishlar natijasida ovulning Navro‘z, Bazar-Jirau, Abay, Ayteke-bi, Tole-bi va Yangi-Tomdi ko‘chalarida yashovchi 42 nafar fuqaroning xonadoniga 2020 yil 20 dekabrdan 2021 yil 14 fevralga qadar ichimlik suvi yetib bormaganligi aniqlangan. Bu holatga havo harorati keskin pasayib, quvurlardagi suv muzlab qolgani sabab bo‘lgan.   

O‘rganishlardan so‘ng 42 nafar fuqaroning qariyb 7,6 mln so‘mlik noreal qarzdorligi hisobdan chiqarilgan.

Oldinroq Navbahor tumanidagi 41 nafar MFY xodimlariga belgilangan ustama pullari to‘lab berilmaganligi ma'lum bo‘lgandi.

Mavzuga oid