Jizzaxda tosh ortish uchun toqqa chiqqan «ZIL» ag‘darilib ketib, ikki kishi vafot etdi
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida tosh ortib tushish uchun toqqa chiqqan «ZIL »ag‘darilib ketgan. Oqibatda uning salonida bo‘lgan uch nafar odamdan ikki nafari vafot etgan. Bu haqda Jizzah viloyati IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 5 may kuni soat 7:00larda Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Nonisangil mahallasida yashovchi 1969 yilda tug‘ilgan shaxs o‘z boshqaruvidagi «ZIL» yuk mashinasi bilan tosh ortib tushish maqsadida shu tumanning Yomonbuloq qishlog‘i hududidagi tog‘ tepaligiga chiqqanda mashina pastga ag‘darilib ketgan.
Qayd etilishicha, mashina ag‘darilib pastga qulaganda haydovchining yonida Sharof Rashidov tumani Noni sangil mahallasida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan va Uch qiz mahallasida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan shaxslar bo‘lgan.
Oqibatda, mazkur baxsiz hodisa natijasida «ZIL» haydovchisi va yana bir nafar shaxs voqea joyida vafot etgan. Yana bir shaxs og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.
Ta'kidlanishicha, hozirda mazkur hodisa yuzasidan Sharof Rashidov tumani IIB tergov bo‘linmasi tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:56 / 24.09.2024
Jizzaxda haydovchi Damasga katta yoshdagi 14 kishini mindirib harakatlandi
14:28 / 08.09.2024
Birovning nomiga 20 mln so‘m kredit olib o‘zlashtirib yuborgan shaxs ushlandi
01:05 / 16.08.2024
Jizzaxda 55 nafar hokim yordamchisi ma’muriy javobgarlikka tortildi
19:52 / 04.08.2024