O‘zbekiston | 14:09 / 06.05.2021
4592
1 daqiqa o‘qiladi

Uzun tumanida noma'lum shaxsning murdasi topildi

Uzun tumani markazidagi ko‘prik atrofidan noma'lum shaxsning murdasi topildi. Uzun tuman hokimligi axborot xizmati Kun.uzga bu xabarni tasdiqladi. 

Hozirda murdaning shaxsini, o‘lim sabablarini aniqlash bo‘yicha tezkor tadbirlar, sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazilmoqda.

Kun.uz muxbiri ushbu xabarga oydinlik kiritish uchun Surxondaryo viloyat IIB axborot xizmati bilan bog‘langanda, rasmiylar xodisani o‘rganib munosabat bilirishini ta'kidladi.

Mavzuga oid