“Dinastiya” turar joy majmuasidan bahor sovg‘alari
Toshkentning Parkent bozori va uning atrofidagi aholi yashash uylari XIX–XX asrlarning boshlarida katta trassa yo‘llari kesishuvi yaqinida paydo bo‘lgan. Bir asrdan ko‘proq vaqt davomida esa ko‘hna tarix ruhini o‘ziga singdira olgan ushbu hudud yashash uchun eng qulay joylardan biri bo‘lib qolmoqda. Ta'kidlash joizki, o‘tgan so‘nggi 30 yil mobaynida bu yerda odatda panelli uylar qad rostlagan, transport infratuzilmasi ham birmuncha rivojlandi, ko‘plab davlat va xususiy maktablari, maktabgacha ta'lim muassasalari (bolalar bog‘chalari), bog‘lar va do‘konlar paydo bo‘lgan.
Shaharning yangi tarixida muhim burilish kutilmoqda — Parkent ko‘chasi va Mirzo Ulug‘bek shohko‘chalari kesishgan joyda “Dinastiya” turar joy majmuasi qad rostlaydi. Mazkur majmuaning ko‘hna tarixga ega hudud markazida joylashuvi bejiz emas. Loyihani nazorat qiluvchi Golden House kompaniyasining falsafiy qarashlari asosidagi eng muhim jihat — kishilarga qulaylik yaratish lozim va atrofdagi barcha inshootlar ularning ehtiyojlariga mos kelishi kerak. Shu bois ham mazkur konsepsiya majmuaning me'moriy yo‘nalishlari va uning zamonaviy muhandislik-texnik yechimlari bilan uyg‘unlashgan holda davom etmoqda.
“Dinastiya” turar joy majmuasi infratuzilmasi rivojlangan, zarur bo‘lgan barcha narsa bir qadam yaqinlikda joylashgan qulay hududda barpo etilmoqda. Muhtasham va zamonaviy majmua kelgusida bu yerda istiqomat qiluvchi aholi uchun har tomonlama qulayligi bilan ajralib turadi. Loyiha doirasida piyodalar o‘tishi uchun maxsus yo‘laklar, yon-atrof obodonlashtirilgan hudud, shuningdek, sport va o‘yin maydonchalari, maxsus dam olinadigan joylar barpo etilishi ham ko‘zlangan.
E'tiborlisi shundaki, developer nafaqat binoning tashqi ko‘rinishiga, balki ichki tuzilishiga ham katta e'tibor qaratadi. Xuddi shu maqsadda mazkur turar joy majmuasi loyihasi uchun hududning seysmik jihatlari va iqlim xususiyatlari hisobga olindi. Majmua dizayni va standartlarini ishlab chiqishda binoning fasad qismi, umumiy foydalanish joylari va yakka tartibdagi xonadonlarda aks etuvchi barcha zamonaviy talablar inobatga olindi.
“Dinastiya” turar joy majmuasida sotish uchun balandligi uch metrga teng, keng biznes toifasiga mansub (umumiy maydoni 32 m² bo‘lgan bir xonali xonadonlardan tortib, 93 m² bo‘lgan to‘rt xonali xonadonlargacha) taklif etiladi. Bu yerdan xonadon xarid qilgan har bir mijoz yoqimli bonusga, ya'ni sovg‘a sifatida taqdim etiluvchi zamonaviy oshxona garnituriga ham ega bo‘ladi. Aytish joizki, mazkur xonadonlar oddiy standart emas, balki individual loyiha asosida tanlangan xonadonning maydoni va tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
Yangi xonadon sohiblari uchun yana bir yoqimli sovg‘a esa — bu to‘liq ta'mirlash ishlaridir. Endilikda xonadonlar 140x250 sm o‘lchamdagi mustahkam o‘rnatilgan deraza (bunday derazalar nigohlaringizga o‘zgacha shukuh va kenglikni hadya etishi bilan birga xonadoningizni musaffo havo bilan ham to‘ldiradi), eshiklardan tashqari muhandislik yechimlariga ega santexnika tizimi va pishiq qilib plitkalar bilan yotqizilgan tayyor pollar bilan foydalanishga topshiriladi. Derazalarning ikki qavatli maxsus terlamaydigan oynalari xonadagi issiqlikni bir maromda ishonchli ushlab turadi va tashqaridagi shovqindan ham samarali himoya qiladi. Xonadon sohiblari uchun yaratilgan yana bir qo‘shimcha qulaylik — bu individual ikki konturli qozonxonalar (avtonom isitish tizimi) va har bir xonada loyiha tomonidan taqdim etiluvchi panelli radiatorlar bilan ta'minlanadi.
Majmuaning har bir kirish hududida aravachalar uchun mo‘ljallangan maxsus joylar ajratilgan bo‘lib, yangi xonadonlar sohiblari u yerda bemalol velosiped, skuter, bolalar aravachasi va boshqa vositalarini saqlashi mumkin bo‘ladi. Majmua hududiga faqat shu yer aholisi kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi, kirish yo‘laklari (pod'yezd)ga kirish interkom (domofon) tizimi orqali amalga oshiriladi. Zamonaviy liftlar esa 1000 kggacha bo‘lgan yukni ko‘tarish imkoniga ega darajada mustahkamdir.
Turar joy majmuasida xavfsizlik choralarini ta'minlashga ham jiddiy e'tibor qaratiladi. “Avtomashinasiz hovli” konsepsiyasiga ko‘ra, tashrif buyuruvchi mehmonlar avtomashinalarini hudud tashqarisidagi maxsus to‘xtash joylarida qoldirishlari mumkin va bu majmua aholisi va ularning farzandlari ushbu hudud hovlida emin-erkin o‘ynashlariga imkoniyat yaratadi. Majmua perimetri bo‘ylab kirish joylariga o‘rnatilgan sifatli videokuzatuv kameralari nafaqat hududni, balki qo‘shni hovli maydonini ham qamrab olgani bois u yerda sodir bo‘layotgan voqealarni ham kuzatishda qo‘l keladi. Bundan tashqari, har bir xonadonda tutun detektorlari o‘rnatilgan individual yong‘in signalizatsiyasi tizimi ham o‘rnatiladi.
Majmua xonadonlari sotilishi ayni damda qizg‘in pallada davom etmoqda va siz ham bunday manfaatli va foydali taklifdan unumli foydalanishga ulgurib qoling! Zero, Golden House kompaniyasining mazkur turar joy majmuasidan yangi xonadon xarid qilib olishingiz oilangiz uchun eng yoqimli sovg‘a bo‘libgina qolmay, yaqinlaringiz bilan davom etuvchi eng yaxshi an'analarning debochasiga zamin hozirlashiga umid bildiramiz.
Dinastiya savdo markazi: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Mirzo Ulug‘bek va Parkent ko‘chalari kesishmasi.
Sayt: dynasty-gh.uz
Call-markaz: +99878-888-11-22
Facebook: fb.com/goldenhouseuz
Instagram: @goldenhouseuz
Telegram: t.me/goldenhouseuz
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
19:00 / 07.11.2024
Golden House Assalom Jomiy sotuv ofisining ochilishiga taklif qiladi!
17:00 / 01.11.2024
Golden House "Assalom Do‘stlik" sotuv ofisining ochilishiga taklif qiladi: mehmonlar uchun maxsus shartlar va sovg‘alar!
17:00 / 04.10.2024
Faqat 1 kun! Golden House ko‘chmas mulk yarmarkasi: Orzungizdagi xonadonni sotib olish imkoniyati
13:00 / 28.10.2023