O‘zbekiston | 08:54 / 07.05.2021
2048
2 daqiqa o‘qiladi

Mirishkorda ham til sertifikatiga ega birorta chet tili o‘qituvchisi yo‘qligi aytildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 6 may kuni chet tillarini o‘qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda chet tillarini o‘qitish tizimini yaxshilash, yaratilayotgan sharoitlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar aytildi.

Prezidentning ma'lum qilishicha, bugungi kunda yurtimizdagi 25 ta oliy ta'lim muassasasida o‘qitish chet tilida olib borilayotir. 2016 yilda ular atigi 7 ta bo‘lgan. Xalqaro til sertifikati olgan bitiruvchi o‘quvchilar soni oxirgi 3 yilda 10 baravarga oshgan.

Joriy yilda «El-yurt umidi» jamg‘armasi orqali 350 nafar talabaning nufuzli xorijiy universitetlarda o‘qishi uchun stipendiyalar ajratildi. Bu o‘tgan yillarga nisbatan 5 baravar ko‘pdir.

«Lekin, joylardagi ahvol maqsad qilingan katta rejalarga mos emas. Xususan, ta'lim tizimida 2 mingdan ortiq chet tili o‘qituvchisi lavozimi vakant bo‘lib qolmoqda. 1 ming 400 ta maktabda chet tilini o‘qitish sifati mutlaqo qoniqarsiz. Bu tizimdagi o‘qituvchilarning atigi 4 foizi milliy va xalqaro til sertifikatiga ega. Xonobod va Quvasoy shaharlari, Zafarobod, Mirishkor, To‘rtko‘l, Sherobod va Uzun tumanlarida bunday sertifikatli birorta o‘qituvchi yo‘q. Maktablardagi chet tili o‘qituvchilarining 49 foizi testdan o‘ta olmagan», – deydi davlat rahbari.

Mavzuga oid