Samarqandda yuqori bosimli magistral suv quvuri yorildi va shaharning aksar qismi suvsiz qoldi
Kecha, 6 may kuni soat 23:00dan boshlab Samarqand shahrining aksariyat hududida suv ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatilgan. Bunga shaharni suv bilan ta'minlaydigan magistral suv quvuri yorilib ketgani sabab bo‘lgan. Bu haqda «Samarqand suv ta'minoti» MChJ axborot xizmati xabar bermoqda.
6 may kuni soat 20:40lar atrofida Cho‘ponota tepaligi yaqinida Samarqand shahrini suv bilan ta'minlaydigan yuqori bosimga ega D-1200 millimetrli magistral ichimlik suv quvuri yorilib ketgan. Mazkur nosozlikni bartaraf etish maqsadida 6 may soat 23:00dan bir necha mahalla va ayrim ko‘chalarda suv ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatilgan.
Jumladan, Ulug‘bek rasadxonasi, Qir, Istiqbol, Joysoy mahallalari, Afrosiyob, Ibn Sino, Dahbed, Rudakiy, Universitet xiyoboni, Bo‘stonsaroy, Qushhovuz, Chorraha, Islom Karimov nomli, Siyob bozori hududi, Registon maydoni, Otaxo‘jayev, O‘zbekiston, Abdurahmon Jomiy, Zarafshon, Usta Umar Jo‘raqulov, Sadriddin Ayniy, Panjikent, Termiz ko‘chalari, Lolazor, Mo‘liyon, Shohrux, Gulobod, Sartepa maskanlarida, Mikrorayon A, B, Sug‘diyona, Gagarin, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari va yuqorida ko‘rsatilgan manzillariga tutashgan hududlarida vaqtinchalik suv ta'minoti to‘xtatilgan.
«Nosozlikni bartaraf etish haqida qo‘shimcha ma'lumot beriladi. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz», deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, mazkur hodisa tufayli M39 Almati — Toshkent — Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining 1081-kilometrida yo‘lning bir qismi cho‘kkan va o‘pirilib tushgan. Ayni damda yo‘lning nosoz qismi yopib qo‘yilgan va harakat uning ikkinchi qismida bir tomonlama tashkil etilgan.
Mavzuga oid
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
19:08 / 16.12.2024