Toshkentda Rossiya fuqarosi 52 mln so‘mga aldandi
Toshkent shahrida rossiyalik fuqaroga uy olib berishni va'da qilib, uning 52 mln so‘m pulini olib, aldab ketgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Tergov departamenti xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, joriy yilning 25 aprel kuni Rossiya Federatsiyasi fuqarosi 77 yoshli F.Rufina Yakkasaroy tumani bo‘yicha IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2020 yilning iyun oyida tanishi 40 yoshli Alisher S. Toshkent shahar hokimiyati orqali uy sotib olishida yordam berishini va'da qilib, Yakkasaroy tumani Sh.Rustaveli ko‘chasi 62-uy oldida 52 mln so‘m pullarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritib, bergan va'dasini bajarmaganligini ma'lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Alisher S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
07:24 / 02.09.2024
Sud qarorisiz va uy egasiga kompensatsiya to‘lamasdan turib uy-joyni buzish taqiqlanadi
13:30 / 20.08.2024
Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinadi
07:59 / 03.08.2024
Nijniy Tagilda uy qulashi qurbonlari soni 10 kishiga yetdi
07:29 / 08.07.2024