O‘zbekiston Hindiston va Turkiyaga qatnovlar uchun vaqtinchalik cheklov o‘rnatdi
Hindiston va Turkiyadagi epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda respublikada koronavirus infeksiyasi tarqalishini jilovlash, unga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish hamda ushbu infeksiya yangi shtammlari kirib kelishining oldini olish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi qarori qabul qilindi.
SSV matbuot xizmati xabar berishicha, komissiya qarori bilan kasallanish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan ushbu davlatlar bilan o‘zaro aviaqatnovlarga vaqtinchalik cheklovlar joriy qilindi.
Jumladan, Istanbul shahridan Farg‘ona, Urganch va Samarqand shaharlariga aviaqatnovlar 2021 yil 5 maydan 1 iyunga qadar to‘xtatiladi.
Hindiston va Turkiyaga sayyohlar uchun mo‘ljallangan barcha charter qatnovlar joriy yil 10 maydan boshlab epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar to‘xtatiladi.
Toshkent-Istanbul yo‘nalishida aviaqatnovlarni vaziyatdan kelib chiqib, joriy yil 10 maydan boshlab paritet asosida (talabdan kelib chiqib) kamaytirishga qaror qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Hindiston bilan aviaqatnovni to‘xtatish faqat Maxsus komissiya qaroriga binoan amalga oshirilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
18:07 / 24.12.2024
Hindiston 2040 yilda Oyga o‘z kosmonavtini uchiradi
23:25 / 23.12.2024
Bangladesh Hindistondan sobiq bosh vazir Shayx Hasinani ekstraditsiya qilishga yordam berishni so‘ramoqda
21:04 / 22.12.2024
Turkiyada tibbiy vertolyot shifoxona binosiga urilib, qulab tushdi
11:37 / 22.12.2024