O‘zbekiston | 13:11 / 09.05.2021
11518
3 daqiqa o‘qiladi

10 may kuni ham O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

«O‘zgidromet» 10 may, dushanba kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma'lum qildi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 16–18 daraja iliq, kunduzi 26–28 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15—20 daraja iliq, kunduzi 28—33 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15–20 daraja iliq, kunduzi 23–28 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13–18 daraja iliq, kunduzi 23–28 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13–18 daraja iliq, kunduzi 25–30 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15–20 daraja iliq, kunduzi 28–33 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 12–17 daraja iliq, kunduzi 23–28 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 7–12 daraja iliq, kunduzi 15–20 daraja iliq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hududiga 5 maydan Kaspiy dengizining janubidan nam va deyarli salqin havo kirib kelgandi.

Mavzuga oid