Angorda o‘zaro janjal sabab bir fuqaro pichoqlab o‘ldirildi
2021 yil 10 may kuni soat taxminan 17:20larda D.H. M.Q. bilan Angor tumani dehqon bozori yonidagi avtoturargohda o‘zaro janjallashib qoladi.
Atrofdagilar janjalni tinchitish maqsadida ularni ajratib qo‘ydi.
Janjal tugagach M.Q. «D.N. uyimga borib, o‘ch olmoqchi», - deb o‘ylaydi. D.N.ning ortidan quvlab uning biqin sohasiga bir marotaba pichoq sanchadi.
Qilib qo‘ygan ishining oqibatidan qo‘rqib ketgan M.Q. yarador raqibini Angor tuman tibbiyot birlashmasiga olib borib, birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatadi. D.N. o‘ng biqin sohasidan jarohat olgan.
Angor tumani IIB M.Q.ga nisbatan JKning 104-moddasi 2-qismi «l» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atib, uni protsessual tartibda ushladi.
Avvalroq, Surxondaryo viloyat IIB Sho‘rchi tumanida yashovchi erkak oilaviy janjal sabab ayolini pichoqlab o‘ldirgani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
10:05 / 24.09.2024
Surxondaryoda Labo boshqarib ketayotgan yosh bolaning otasiga chora ko‘rildi
16:23 / 17.04.2024
Toshkentda profilaktika inspektori mast erkak tomonidan pichoqlandi
21:18 / 27.03.2024
Angor tumani hokimligi sotib olgan Captiva viloyat hokimligi balansiga o‘tkazildi
20:36 / 11.03.2024