O‘zbekiston | 01:38 / 15.05.2021
48411
1 daqiqa o‘qiladi

“Mening xohishim har bir o‘qituvchi 1000 dollar maosh olsin” – Shavkat Mirziyoyev

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev 14 may kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi Tepaqo‘rg‘on mahallasiga tashrif buyurdi. 

Prezident mahalla markazi, do‘konlar, til o‘rganish markazi, ixcham bosmaxona faoliyati bilan tanishdi. Tuman faollari bilan uchrashuvi chog‘ida ta'lim masalasiga to‘xtalib o‘tdi:

“Bugungi o‘qituvchilarga talab boshqacha. Agar ular zamonaviy bilimlarga ega bo‘lmasa, o‘z ustida ishlamasa, dars bera olmaydi. Bolalar 2-3 oyda sezdirib qo‘yishadi. Samarqandning Nurobod tumanidagi olis qishloqqa boshqa hududdan kelib ishlayotgan o‘qituvchini ko‘rdingiz. U televizorda chiqib to‘lqinlanib gapiryapti, “Men 10 mln so‘mdan ortiq maosh olyapman” deyapti. Axir bu 1000 dollar degani. Mening xohishim har bir o‘qituvchi 1000 dollar maosh olsin. Asta-sekin bunga ham erishamiz”, – dedi davlat rahbari.

Mavzuga oid