Prezident tashrifi ortidan Gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori o‘zgardi
Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Miralisher Sadriddinovich Islomov Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
U faoliyati davomida Toshkent tibbiyot instituti 1-klinikasi bo‘lim boshlig‘i, ushbu klinikaning Xirurgiya bo‘limi bosh mutaxassisi, davolash ishlari bo‘yicha bosh shifokor o‘rinbosari, bosh shifokori, shuningdek, AKFA MEDLINE MChJda tibbiyot texnologiyalari bo‘yicha maslahatchi lavozimlarida ishlagan. Bundan tashqari, u Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ham faoliyat yuritgan.
Tibbiyot fanlari doktori Miralisher Islomov tayinlovdan avval Qurilish vazirligi bosh ekspertizasi, tibbiyot texnologiyasi bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimida ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 14 may kuni gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bo‘lib, bemorlarning holidan xabar olgandi.
Ma'lumot uchun, Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 2020 yil fevralida Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish instituti negizida tashkil etilgandi.
Ushbu muassasaga 2018 yil oktyabridan buyon Abdurahmon Qayumov rahbarlik qilib kelayotgandi. Uning keyingi faoliyati to‘g‘risida hozircha ma'lumot yo‘q.
Mavzuga oid
12:40 / 19.12.2024
Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi
17:52 / 11.12.2024
Timur Ishmetov Markaziy Bank raisi etib tayinlandi
15:57 / 10.12.2024
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
18:28 / 06.12.2024