“Tarixni qonli qo‘llaringiz bilan yozyapsiz”. Erdo‘g‘an Baydenni Isroilga qurol sotayotgani uchun tanqid qildi
Avvalroq Isroil va AQSh Amerikada ishlab chiqarilgan qurol-yarog‘larni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagani xabar qilingandi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQSh prezidenti Jo Baydenni Isroilga 735 mln dollarlik qurol sotayotgani uchun tanqid qildi.
"Janob Bayden, afsuski, qonga botgan qo‘llaringiz bilan tarix yozyapsiz. Bu so‘zlarni aytishga majbur qildingiz", – dedi u Anqarada o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Avvalroq Isroil va AQSh Amerikada ishlab chiqarilgan qurol-yarog‘larni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagani xabar qilingandi.
Jerusalem Post nashrining yozishicha, shartnoma qiymati 735 mln dollarni tashkil etadi. Dushanba kuni AQSh prezidenti Jo Bayden shartnomani ma'qullagan.
«Isroil AQShdan birinchi navbatda o‘ta aniqlikdagi raketalar va maxsus aslahalar sotib oladi», — deyilgan nashr xabarida.
Mavzuga oid
23:13 / 21.09.2024
Harris saylov kampaniyasida Trampdan uch barobar ko‘p mablag‘ to‘pladi - OAV
22:04 / 21.09.2024
Portlovchi peyjyerlarni yetkazgan kompaniya bosh direktori g‘oyib bo‘ldi - Reuters
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
17:10 / 21.09.2024