O‘zbekiston | 10:07 / 18.05.2021
20989
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: Bir kunda sog‘ayib chiqqanlar soni yangi holatlardan ko‘p bo‘ldi, yana ikki bemor vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda 200dan kamroq yangi kasallanish holatlari aniqlanib, yana 2 bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 17 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 97068 (+175) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 6 nafari Andijon viloyatida,
  • 6 nafari Buxoro viloyatida,
  • 14 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 3 nafari Navoiy viloyatida,
  • 5 nafari Namangan viloyatida,
  • 20 nafari Samarqand viloyatida,
  • 1 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 2 nafari Xorazm viloyatida,
  • 10 nafari Toshkent viloyatida,
  • 107 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 7 nafar,
  • Jizzax viloyatida 1 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 5 nafar,
  • Navoiy viloyatida 4 nafar,
  • Samarqand viloyatida 25 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 14 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 4 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 9 nafar,
  • Xorazm viloyatida 7 nafar,
  • Toshkent viloyatida 54 nafar,
  • Toshkent shahrida 149 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 92582 (+279) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 672 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3814 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzuga oid