O‘zbekiston | 12:14 / 21.05.2021
16080
2 daqiqa o‘qiladi
Koronavirus: Yana ikki bemor vafot etdi, shifoxonaga yotqizilganlar soni 3,8 mingdan oshiq
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotganlar soni 3800 nafardan oshgani, 2 nafar bemor vafot etgani haqida xabar berdi.
«2021 yil 20 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 97856 (+313) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 14 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 7 nafari Andijon viloyatida,
- 5 nafari Buxoro viloyatida,
- 3 nafari Jizzax viloyatida,
- 3 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 3 nafari Navoiy viloyatida,
- 6 nafari Namangan viloyatida,
- 36 nafari Samarqand viloyatida,
- 6 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 6 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 1 nafari Xorazm viloyatida,
- 47 nafari Toshkent viloyatida,
- 176 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 8 nafar,
- Buxoro viloyatida 2 nafar,
- Jizzax viloyatida 8 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 7 nafar,
- Navoiy viloyatida 2 nafar,
- Namangan viloyatida 6 nafar,
- Samarqand viloyatida 34 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 16 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 6 nafar,
- Xorazm viloyatida 4 nafar,
- Toshkent shahrida 175 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 93339 (+268) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 678 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3839 nafar bemor davolanmoqda.
Mavzuga oid
11:40 / 13.12.2022
O‘zbekistonda kunlik koronavirus statistikasi sezilarli pasaydi
10:54 / 07.12.2022
Toshkent shahrida bir kunda 100 dan ortiq kishida koronavirus aniqlandi
10:10 / 04.12.2022
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar soni fevraldagi darajaga qaytdi
11:15 / 02.12.2022