Namanganda xotira turniri bo‘lib o‘tdi
Namangan shahrida joylashgan “Dinamo” o‘yingohida viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari va namanganlik yoshlar o‘rtasida sportning “Qo‘l jangi” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Ushbu musobaqa o‘z xizmat vazifasini vijdonan bajarish chog‘ida mardlik va jasorat ko‘rsatib, fuqarolar hayotini saqlab qolish vaqtida halok bo‘lgan Milliy gvardiya Namangan viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimi marhum safdor Abdulxodi Abdulvoxidov xotirasiga bag‘ishlandi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, Namangan shahar, Norin, To‘raqo‘rg‘on va Chust tuman qo‘riqlash bo‘limlarining xodimlari o‘z vazn toifalari bo‘yicha birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
G‘oliblar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Mavzuga oid
21:51 / 11.09.2020
Milliy gvardiya qo‘mondoni Qo‘l jangi federatsiyasi rahbarligiga saylandi
20:25 / 15.03.2019
O‘zbekistonda armiya qo‘l jangi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi
15:16 / 20.07.2018
Qo‘l jangi federatsiyasi rais o‘rinbosari bilan eksklyuziv intervyu
13:10 / 31.03.2018