Eynshteynning qo‘lyozmasi kimoshdi savdosida 1,2 million dollarga sotildi
Arxivchilarning ta'kidlashicha, dunyoda ushbu formulaning mashhur fizik o‘z qo‘li bilan yozgan to‘rtta nusxasi mavjud.
RR Auction auksionida Albert Eynshteynning mashhur E = mc2 formulasi yozilgan qo‘lyozma maktubi 1,2 million dollardan sal ortiqroqqa sotildi.
Qayd etilishicha, bu savdo tashkilotchilari belgilagan narxdan uch baravarga qimmatroqdir.
Kaliforniya texnologiya instituti va Quddusdagi yahudiy universiteti arxivchilarining ta'kidlashicha, dunyoda ushbu formulaning mashhur fizik o‘z qo‘li bilan yozgan to‘rtta nusxasi mavjud.
Polshalik fizik Lyudvig Zilbershteynga nemis tilida bitilgan bu maktub 1946 yilning 26 oktyabrida yozilgan. Zilbershteyn Eynshteynning ayrim nazariyalariga qarshi chiqqani bilan tanilgan.
Maktubni sotib olgan xaridorning ismi oshkor etilmagan.
Mavzuga oid
16:35 / 08.08.2024
“Hayotimdagi katta xato” - Eynshteynning atom bombasi kashf etilishiga sabab bo‘lgan maktubi haqida
13:40 / 28.08.2023
O‘zbek muhojirining 12 yoshli o‘g‘li qanday qilib dunyoning eng aqlli odamlari ro‘yxatiga kirdi? – eksklyuziv intervyu
12:17 / 20.02.2022
Chilonzorda maktab ro‘parasidagi devorda Eynshteyn tasvirlangan graffiti o‘chirib tashlandi
19:33 / 24.11.2021