O‘zbekiston | 07:15 / 22.05.2021
2378
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda Keskanterak mahallasi ahli soliqlarni ortiqcha to‘layotganidan norozi bo‘lmoqda

Navbahor tumanidagi Keskanterak mahallasi aholisi soliq to‘lovini ortiqcha to‘layotganidan norozi. Mazkur mahalla 2009 yilda shahar tipiga o‘tkazilgan. Shu sababli, soliq to‘lovi qishloq tipidagi hududlardan yuqori hisoblanadi. Ammo mahallada tabiiy gaz, elektr energiya va ichimlik suvi masalasida muammolar hal etilmagan. 

Navoiy viloyati Adliya boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat sudi va ma'muriy sud hamkorligida o‘tkazilgan sayyor qabulda mahalla ahli tomonidan shu masala ko‘tarildi.  

Qabul jarayonida 300 nafarga yaqin fuqaro o‘z masalasi yuzasidan mas'ullarga murojaat qilgan. Bildirilgan murojaatlarning asosiy qismi bandlik, pensiya ta'minoti, mehnat va oilaviy munosabatlar, soliq to‘lovlari, nogironlikni belgilash, ish stajini tiklash hamda imtiyozli shartlarda nafaqaga chiqish masalalarida bo‘lgan.

Ma'lum qilinishicha, murojaatlarning 100dan ortig‘iga huquqiy tushuntirish berilgan bo‘lsa, 50ga yaqini adliya organlari tomonidan ish yurituviga qabul qilingan.

Mavzuga oid