«Rasmiyatchilikdan uzoq bo‘lishni hozirdan boshlaymiz» - Shermatov yoshlar bilan uchrashuvda galstuk va kostyumini yechib qo‘ydi
Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan «Toshkent 5 tashabbus harakati» tadbirlari doirasida xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatovning yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, vazir uchrashuvda rasmiylikdan chekinib, yoshlarga yaqinroq bo‘lish uchun galstuk va kostyumini yechib qo‘ydi.
Muloqot ishtirokchilari rasmiyatchilik yoshlarni uzoqlashtirishi, blogerlar bilan ham uchrashuvlar tashkillashtirishni so‘rashdi. Bunga javoban Sherzod Shermatov rasmiyatchilikdan uzoq bo‘lishni hozirdan boshlaymiz deb, galstuk va kostyumini yechib qo‘yib, so‘ng suhbatni davom ettirdi.
«Bugun sizlar bilan ancha norasmiy muloqot qilamiz. Blogerlar bo‘yicha, AlterAgo bilan gaplashishni xohlasangiz, men yaqinda intervyu berdim. Yoki boshqa blogerlarni xohlasangiz ham uchrashuvlar qilib beramiz», - dedi vazir.
Mavzuga oid
14:40 / 24.10.2024
“Ko‘proq ingliz tilida kontent qiling” – Sherzod Shermatov o‘zbek yutuberlariga ko‘proq daromad olish uchun tavsiya berdi
18:24 / 15.03.2024
Chet tilini biladigan yoshlarning yuqori maoshli ishga joylashishiga yordam beriladi
09:05 / 15.03.2024
“Amerikaga qilingan umumiy eksportning yarmidan ko‘pi IT kesimiga to‘g‘ri keladi” – Sherzod Shermatov
12:12 / 05.01.2024