Toshloq tumani IIB mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Toshloq tumani IIB mansabdor shaxslariga ham mansabga sovuqqonlik bilan yondashgani uchun dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yaqinda bosqinchilik jinoyatida ayblanayotgan to‘rt nafar shaxs Farg‘ona viloyatining Toshloq tuman sudi binosidan qochib ketgani haqida xabar berilgan edi.
Farg‘ona viloyati prokuraturasi axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, «qochoqlarga» nisbatan JKning 222-moddasi 2-qismi «v» bandi (qamoqdan yoki qo‘riqlov ostidagi saqlash joyidan qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Shuningdek, Toshloq tumani IIB mansabdor shaxslariga nisbatan ham mansabga sovuqqonlik bilan qarash (JKning 207-moddasi 1-qismi) alomati bilan «ish» qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari Farg‘ona viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
Avvalroq, Farg‘onada sudyaning mulkiga tajovuz qilgan fuqaroga sud hukmi o‘qilgani haqida xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
10:35 / 13.07.2024
“Allianse Motors” mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
15:25 / 07.07.2024
Navoiyda voyaga yetmagan qizning zo‘rlanishi holati bo‘yicha jinoyat ishi ochildi – Bosh prokuratura
10:57 / 29.06.2024
Samarqandda o‘gay o‘g‘lini kamar bilan savalagan otaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
11:47 / 12.05.2024