WhatsApp Hindiston hukumatini sudga berdi
Mamlakatda joriy etilgan yangi qoidaga ko‘ra, WhatsApp xabar jo‘natuvchi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni hukumat so‘roviga binoan taqdim etishga majbur.
WhatsApp messenjeri vakillari Hindiston hukumatini sudga berdi, deb xabar qilmoqda Reuters.
Dehli oliy sudiga kiritilgan da'voga ko‘ra, texnologik kompaniyalarni shaxsiy xabar jo‘natuvchilar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni taqdim etishga majbur qiluvchi yangi qoida Hindiston aholisining konstitutsion huquqlarini buzadi.
Mamlakatda joriy etilgan yangi qoidaga ko‘ra, WhatsApp xabar jo‘natuvchi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni hukumat so‘roviga binoan taqdim etishga majbur. Qoida faqat huquqbuzarlik sodir etishda gumonlanganlarga nisbatan tegishli bo‘lsa-da, boshqalarga ham tatbiq etilishi mumkin, deb hisoblamoqda WhatsApp.
Ekspertlarning qayd etishicha, sud jarayoni Hindiston hukumatining Facebook, Google va Twitter kabi yirik kompaniyalar bilan ziddiyatini keskinlashtirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 16 apreldan «Shaxsga doir ma'lumotlar to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan yangi 27-1-modda qonuniy kuchga kirdi.
Bu moddaga asosan, ijtimoiy tarmoqlar va internet servislar O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma'lumotlarini jismonan O‘zbekistonda joylashgan serverlarda saqlashlari shart.
Mavzuga oid
20:33 / 07.11.2024
Hindistonda uch kun ichida 10 ta fil nobud bo‘ldi
01:52 / 07.11.2024
Kashmir Hindistonni maxsus avtonomiya maqomini tiklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi
11:56 / 06.11.2024
Inson matonati: 22 yil davomida tog‘ni yo‘nib yo‘l ochgan odam
17:51 / 05.11.2024