Bittayam texnikasi yo‘q tashkilotlarga yirik obektlarni qurishni topshirish hollari uchrayapti - Prezident
Bugun, 28 may kuni prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida videoselektor bo‘lib o‘tmoqda. Unda aholining yashash sharoitini yaxshilash, turar-joylarni ta'mirlash ishlari muhokama qilinmoqda.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha 368 ta obektda ishlar amalga oshirilishi belgilangani bilan, hozirgacha Toshkent shahri, Navoiy, Namangan, Samarqand va Farg‘ona viloyatlaridan boshqa hududlarda ishlar boshlanmagan.
«Hali tenderlar yakunlanmagan. Bittayam texnikasi yo‘q tashkilotlarga yirik obektlarni berish hollari uchrayapti.
Bir hafta muddatda bog‘cha, maktab, oilaviy shifokor punkti, poliklinika kabi ijtimoiy soha obektlarini bo‘yicha loyiha hujjatlari yakuniga yetkazilishi kerak.
Dasturlarni amalga oshirishda qoloqliklar mavjud hududlarga Prezident Administratsiyasi, Hukumat, Hisob palatasi va vazirliklardan mas'ul rahbarlar yil yakuniga qadar biriktiriladi.
Bunda, Xudaybergenov – Qoraqalpog‘iston va Jizzaxga;
Ramatov – Qashqadaryo va Samarqandga;
Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.Islomov va Hisob palatasi raisining o‘rinbosari S.Saidkarimov – Toshkent viloyatiga.
Prezident maslahatchisining o‘rinbosari A.Usmonov – Toshkent shahriga; Bobojonov – Xorazmga; Mamatov – Buxoroga; Parpiyev – Surxondaryoga; Qo‘ldoshev – Sirdaryoga borib, barcha masalalarni joyida hal etishga yordam beradi.
Xudaybergenov, Ramatov biriktirilgan hududlardan tashqari, barcha hududlarda ishlarning borishiga hamda muammolarni joyining o‘zida hal etilishiga shaxsan mas'ul va javobgar bo‘ladilar.
Umuman, Ramatov, viloyat, tuman va shahar hokimlari bilan birga, dasturlarda joriy yil uchun belgilangan barcha ishlarni 1 oktyabrga qadar yakunlashi kerak.
Demak, Ramatov va Xudaybergenov mana shu loyihalar uchun shaxsan javobgar bo‘ladi. Agar kechiktirsak, sifat pasayadi. Reytingga kirmagan birorta tashkilot kirmasligi kerak», – deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
16:16 / 24.12.2024
O‘zbekiston va Ozarboyjon prezidentlari telefon orqali suhbatlashdi
09:27 / 24.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyuradi
20:43 / 23.12.2024
Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi
13:58 / 20.12.2024