Ruben Diash – APLda mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi
Angliya Premer-ligasi 2020/21 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, musobaqaning eng yaxshi futbolchisini aniqladi.
APL rasmiy saytining e'lon qilishicha, «Manchester Siti» himoyachisi Ruben Diash yakunlangan mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
Announcing himself to the #PL in 𝘀𝘁𝘆𝗹𝗲 😎
— Premier League (@premierleague) June 5, 2021
👏 Introducing your 2020/21 @EASPORTSFIFA Player of the Season: @rubendias 👏#PLAwards pic.twitter.com/FCvr2Jg1w1
Ushbu sovrin uchun Diashdan tashqari, Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»), Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted»), Jyek Grilish («Aston Villa»), Harri Keyn («Tottenhem»), Meyson Maunt («Chelsi»), Muhammad Saloh («Liverpul») va Tomash Souchek («Vest Hem») da'vogarlar qatoriga kiritilgandi.
Avvalroq, Diash jurnalistlar talqiniga ko‘ra ham APLda yil o‘yinchisi deb topilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Diash sentabr oyida «Benfika»dan 68 million yevro evaziga «Manchester Siti» safiga o‘tgandi. Ruben APL joriy mavsumida 32 o‘yinda bitta gol urib, yakunda klubi bilan chempionlikka erishdi.
Mavzuga oid
13:53 / 29.08.2024
Palmerdan Meynugacha: APL klublarining «javohirlar»i
22:07 / 16.08.2024
APLda yangi mavsum boshlanmoqda. Kuchli to‘rtlikda o‘zgarishlar bo‘ladimi?
17:11 / 27.04.2024
APLda chempionlik va YeChL yo‘llanmasi uchun kurash avjiga chiqmoqda. Hafta o‘yinlari anonsi
12:22 / 02.01.2024