O‘zbekiston | 08:21 / 07.06.2021
7021
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi

Foto: KUN.UZ

Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Mahallabay» ishlash tizimi orqali 2021–2022 yillarda Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror qabul qilindi.

Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

  • mahallabay ishlash asosida aholi bandligini ta'minlash, tadbirkorlikka va o‘zini o‘zi band qilib ishlash faoliyatiga jalb qilish;
  • mahallalarning «o‘sish nuqtalari»ni (ixtisoslashuv yo‘nalishlarini) aniqlash va yangi tadbirkorlikni, shu jumladan «drayver» loyihalarni amalga oshirishda har bir mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishini ta'minlash;
  • mahalla pasportidagi mezonlar asosida «qizil», «sariq» va «yashil» hududlarga ajratgan holda barcha mahallalarni «yashil» hududga o‘tkazish choralarini ko‘rish;
  • «Temir daftar»ga kiritilgan 11,6 mingta oilaning 4,3 ming a'zosini, «Yoshlar daftari»ga kiritilgan 37,7 ming nafar xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish va ularga aniq yo‘nalishlar bo‘yicha manzilli ko‘maklashish, maqsadli kasb-hunarga o‘qitish, ish bilan ta'minlash, moddiy yordam berish.

Quyidagilar tasdiqlandi:

1. 2021–2022 yillarda Toshkent viloyati tumanlari va shaharlarining «o‘sish nuqtalari» (ixtisoslashuv yo‘nalishlari);

2. 2021–2022 yillarda Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi;

3. 2021 yilda Toshkent viloyatida yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish prognoz ko‘rsatkichlari.

Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 2.06.2021 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid