Bo‘rijar kanalida FVV xodimlari ikki fuqaroni qutqarib qoldi, xodimlardan biri suvda cho‘kib ketgan
Toshkent shahridagi Bo‘rijar kanalida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan ikki nafar fuqaro qutqarib qolindi, jasorat ko‘rsatgan xodimlardan biri suvda cho‘kib halok bo‘ldi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, kuni kecha soat 15:16larda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani “Yunus Rajabiy” MFYdan oqib o‘tuvchi “Bo‘rijar” kanalida taqiqlangan joyda suvga tushgan fuqaro cho‘kishni boshlagan. Bu vaqtda aynan ushbu hududda nazorat olib borayotgan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ikki nafar xodimi cho‘kayotgan fuqaroni ko‘rib, qutqaruv ishlarini amalga oshirgan.
Qutqaruv jarayonida FVV xodimlari A.Azimxo‘jayev va I.Murodov fuqaro S.Q.ni (ayol) qutqarib qolgan. Shundan so‘ng, avval uning yonidagi fuqaro F.K. (erkak), keyinchalik S.Q. o‘zboshimchalik bilan takroran o‘zini suvga tashlagan.
Qutqaruvchilarning sa'y-harakati tufayli ikkala fuqaroning ham hayoti saqlab qolingan. Biroq, qutqaruvchi A.Azimxo‘jayev xizmat vazifasini bajarish chog‘ida jasorat ko‘rsatib halok bo‘lgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati hamda barcha shaxsiy tarkibi qutqaruvchi A.Azimxo‘jayevning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.
Mavzuga oid
17:03 / 11.09.2024
Boysundagi kondan chiqayotgan gaz yaqin kunlarda jilovlanadi - FVV
13:40 / 06.09.2024
Rossiya FVV rahbarining sobiq o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
18:11 / 05.09.2024
Boysun sinovi: O‘zbekiston yirik texnogen ofatlarga qanchalik tayyor?
08:56 / 25.07.2024