Navoiyda yer sotish bilan bog‘liq ikkita firibgarlik holati aniqlandi
Navoiy shahrida yashovchi Sh.E. hamda Navbahor tumanidagi fermer xo‘jaliklaridan birining rahbari M.Sh. yer sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatiga qo‘l urdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Navoiy shahrida yaovchi Sh.E. fuqaro J.ning ishonchiga kirib, unga 20 000 AQSh dollari evaziga tanishlari orqali Konimex tumani hududidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 1 ga yer maydoni olib berishni va'da qilgan. Firibgar kelishilgan pulning 1 000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Shuningdek, Navbahor tumanidagi fermer xo‘jaliklaridan birining rahbari bo‘lgan M.Sh. fuqaro B.ga xo‘jalikka tegishli bo‘lgan 6 ga yerni 90 million so‘m evaziga tanishlari orqali uning nomiga o‘tkazib berishni va'da qilgan. U ham 50 million so‘mni olayotganda ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Oldinroq Nurota tumanida 3,5 ga yer maydonini 56 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlangandi.
Mavzuga oid
12:24 / 24.09.2024
To‘rtta viloyatda yerni noqonuniy sotishga uringanlar qo‘lga olindi
17:56 / 22.08.2024
Baliqchi tumani hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
14:33 / 11.04.2024
Jizzaxda hokimlik zaxirasidagi 20 sotix yerni sotishga uringan shaxslar ushlandi
17:30 / 27.02.2024