Surxondaryoda bir yilda 15 marta qoidalarni buzgan haydovchi odam o‘limiga sabab bo‘lgan YTH sodir etdi
Surxondaryo viloyati Denov tumanida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Bir yil davomida 15 marta yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchi odam urib yuborib, uning vafot etishiga sababchi bo‘lgan.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 10 iyun kuni davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-107 avtomobil yo‘lining Denov tumani Sebzor mahallasidan o‘tgan 2-kilometrida inson o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan. Damas mashinasi haydovchisi quvib o‘tish va tezlik qoidalarini buzgan holda harakatlanib, boshqaruvni yo‘qotgan. So‘ng, yo‘lning chap tomonida o‘zining yashash hovlisi eshigi oldida turgan 2004 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan. Oqibatda fuqaro og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.
Surishtiruvlarda, mazkur haydovchi haydovchilik guvohnomasini olganiga 1 yil bo‘lgani, shu muddat davomida u 15 marta yo‘l harakati qoidalarini buzgani aniqlangan. Shuningdek, u ikki marta YPX xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan qochib ketgan, ikkinchisida qarama-qarshi yo‘nalishda mashina boshqarib tegishli jazo olgan.
Qayd etilishicha, mazkur hodisa yuzasidan haydovchiga nisbatan qonunlarda belgilangan tartibda jinoiy ish ochilgan.
Mavzuga oid
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
15:03 / 13.11.2024
Andijonda Damas ag‘darilib piyodalar yo‘lakchasida 9 yoshli qizchani bosib qoldi
13:19 / 13.11.2024
Penzadagi YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar soni aniqlashtirildi
11:53 / 13.11.2024