Navoiyda ikki yilda 11 ming ga yer noqonuniy berilgan
Navoiy viloyatida so‘ngi ikki yilda hokimlarning 303 ta qarori bilan 11 ming ga yer maydoni noqonuniy ajratilgan. Bu haqda kecha, 14 iyun kuni viloyat prokuraturasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.
Prezidentning 2021 yil 8 iyundagi farmoni mazmun mohiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida viloyat prokurori Baxtiyor Ahmedov, viloyat hokimi o‘rinbosari Sa'dullo Istamov, adliya boshqarmasi boshlig‘i A'zamjon Sarabekov va tegishli mas'ullar ishtirok etdi.
Ta'kidlanishicha, viloyatda prokuratura organlari tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlari davomida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishda ko‘plab qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.
Jumladan, so‘ngi ikki yilda hokimlarning 303 ta qarori bilan 11 ming ga yer maydoni noqonuniy ajratilgan. Bunday noqonuniy qarorlar Navbahor tumanida 6 ta, Nurotada 21 ta, Konimexda 27 ta, Qiziltepada 56 ta, Karmanada 90 ta, Xatirchida 103 ta qabul qilingan.
Shuningdek, nazorat tadbirlarida 177 ta holatda 41 ga yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallanganligi hamda 361 ta holatda jami 20 ga yer maydonida noqonuniy qurilishlar qilinganligi aniqlangan.
Ko‘rilgan choralar natijasida o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarning barchasi zaxiraga qaytarilgan hamda 13 ga yer maydonidagi noqonuniy qurilishlar buzdirilgan.
Prokuratura organlari tomonidan 2020 yil va 2021 yilning o‘tgan davrida viloyatda noqonuniy qarorlarga nisbatan 303 ta protest, 15 ta taqdimnoma, 278 ta ogohlantiruv kiritilgan hamda 58 ta intizomiy va ma'muriy, 5 ta jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Matbuot anjumanida endilikda auksion va tanlovlar orqali yer olishda qonuniylikni ta'minlash bo‘yicha tegishli mas'ullarga ko‘rsatmalar berildi.
Mavzuga oid
20:28 / 01.11.2024
Fermer endi yerga ijara huquqini sotishi mumkin – savollarga javoblar
12:16 / 01.11.2024
Navoiyda odamlar daromadini ko‘paytirish masalasi ko‘rib chiqildi
21:27 / 31.10.2024
Navoiy davlat universiteti tashkil etildi
21:16 / 31.10.2024