«Buning oqibati ayanchli» - iqtisodchi professional futbolni davlat moliyalashtirayotgani haqida
Davlat professional futbolni otaliqqa olib, uni yillar davomida xalq puli evaziga «boqib» kelayotgani – katta xato, deydi Harvard universiteti doktoranti, iqtisodchi Botir Qobilov.
AQShdagi o‘zbekistonlik iqtisodchi, Harvard universiteti doktoranti Botir Qobilov futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi yana bir bor jahon chempionatiga chiqa olmaganiga munosabat bildirdi.
«Mamlakatimizda futbolni iqtisodiy ahvolning ko‘zgusi desa ham bo‘ladi. Davlatning ulushi, ishtiroki deyarli barcha sohalarda kuzatilgani kabi, futbolda ham uning ishtiroki o‘ta katta, va oqibati ayanchli.
Professional futbolni davlat o‘z otalig‘iga olganini va uni ijtimoiy soha sifatida ko‘rib, yillar davomida xalq puli evaziga «boqib» kelganini katta xatolardan biri deb bilaman.
Quyidagi rasmda ko‘rib turganingizdek 13ta professional futbol klubi mahalliy hokimiyat yoki davlat tasarrufidagi korxonalarga berilgan.
Barchasi mahalliy budjet yoki davlat tasarrufidagi korxonaning homiyligi, ya'ni xalqning puli evaziga moliyalashtiriladi.
Mahalliy hokimiyatning boshqa asosiy muammolari talaygina bo‘lgan bir paytda, soliq to‘lovchilarning puli aynan ularga kerakli bo‘lgan manzillarga emas, balki professional jamoani boqishga sarflanishi hech qanday mantiqqa ham to‘g‘ri kelmaydi va hech qanday asosga ham ega emas.
Har safar mana shu 13 jamoa, yoki ayniqsa milliy terma jamoa eng muhim pallada mag‘lub bo‘lganda biling – bunda tosh oynalar sinmaydi, balki xalqning puli olovda asossiz yonadi», – deya yozdi Botir Qobilov Telegram'dagi kanalida.
Botir Qobilov va AQShdagi yana bir o‘zbekistonlik iqtisodchi Behzod Hoshimov turli mavzularda podkastlar (audiosuhbat) e'lon qilib keladi. Ikki ekspertning navbatdagi podkasti mavzusi ham davlatning professional futbolni moliyalashtirishi haqida bo‘ldi.
Audiosuhbatni Telegram'da yuklab olish yoki Podbean, Spotify, Yandex Music, Stitcher platformalarida tinglash mumkin.
Podkastda futboldan tashqari, O‘zbekistonda avtohalokatlar soni favqulodda ko‘pligi, yo‘llarni kengaytirish tirbandlikni kamaytirishga yordam bermasligi, shaharsozlik rivoji hokimlarning saylanishi bilan bog‘liqligi kabi mavzularda ham so‘z boradi.
Mavzuga oid
14:21 / 21.12.2024
Hokimlar va futbol. Yil boshidagi maqsad va xarajatga yarasha qanday natijaga erishildi?
12:28 / 06.12.2024
Husanovdagi o‘sish, fantastik final, «Nasaf» chempionligi va Parij yo‘llanmasi – o‘zbek futbolining 2024 yildagi eng esda qolarli 10 voqeasi
09:20 / 16.11.2024
Yevropada yakkalanayotgan Isroil futboli
19:09 / 17.10.2024