O‘zbekiston | 18:31 / 17.06.2021
17591
2 daqiqa o‘qiladi

Fermerning qarshiligiga qaramay bug‘doyini o‘rgan IIB xodimining harakati tekshirilmoqda

Muzrabot tumanidagi «Xannayeva Aysaat» f/x boshlig‘i Oysoat Xannayeva ijtimoiy tarmoq orqali rahbarlarga murojaat qilib, IIB xodimi Ergashev To‘ra kombaynni boshqa hududga olib ketish maqsadida 2 ga g‘allani majburan o‘rdirganini, konbayn bug‘doyni yanchib xirmonga zarar yetkazganini bildirgan.

Ushbu holat bo‘yicha viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, fermer rejaning 36 tonnasini bajara olmagan. O‘rimning oxirgi kuni 480 kg bug‘doy talon-toroj qilingan. Mazkur holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Fermer taxminan 1,5 ga maydondagi g‘allani o‘rdirishga qarshilik qilgan. Kechki soat 20:00larda 1,5 ga maydondagi g‘alla o‘rdirilib, tuman g‘alla omboriga topshirilgan.

Holat yuzasidan, Milliy gvardiya tomonidan MJtKning 61-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka oid ish qo‘zg‘atilgan.

Muzrabot tumani IIB xodimi To‘ra Ergashevning xatti-harakatlari yuzasidan idoraviy xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid