O‘zbekiston | 10:36 / 17.06.2021
18414
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: Kunlik holatlar 400ga yaqin, yana ikki bemor vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda 400ga yaqin kasallanish holati qayd etilib, 300ga yaqin bemor tuzalgani va yana 2 nafar bemor vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2021 yil 16 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 104834 (+371) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Bu 12 may kunidan buyon eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 8 nafari Andijon viloyatida,
  • 15 nafari Buxoro viloyatida,
  • 21 nafari Jizzax viloyatida,
  • 10 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 3 nafari Navoiy viloyatida,
  • 5 nafari Namangan viloyatida,
  • 40 nafari Samarqand viloyatida,
  • 6 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 27 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 19 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 3 nafari Xorazm viloyatida,
  • 39 nafari Toshkent viloyatida,
  • 170 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 5 nafar,
  • Jizzax viloyatida 16 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 16 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 19 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 34 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 6 nafar,
  • Toshkent viloyatida 46 nafar,
  • Toshkent shahrida 153 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 100623 (+295) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 713 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3498 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzuga oid