O‘zbekiston | 11:07 / 18.06.2021
28753
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonda iqtisodiy kompleksdagi rahbar xodimlarning barchasi shartli ishdan bo‘shatildi, ularga 3 oy sinov muddati berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida faollar bilan yig‘ilishda iqtisodiy kompleks faoliyatini tanqid qildi va bu sohadagi 6 mingga yaqin kishiga uch oylik sinov muddati berildi.

«Men bugun ana shu ishlaringiz bilan yaqindan tanishish, sizlar bilan viloyatning bugungi va ertangi taraqqiyoti haqida fikrlashib, birgalikda ulkan rejalar tuzish uchun keldim. Ayniqsa, viloyat rivojiga kuchli turtki beradigan yangi «o‘sish nuqta»larini shakllantirish va to‘liq ishga solish, aholi hayotini yaxshilash bo‘yicha asosiy yo‘nalish va vazifalarni belgilab olsak, ayni muddao bo‘ladi.

Bugundan boshlab Andijon viloyatida iqtisodiy kompleksda ishlovchi 5700 nafar xodimning barchasi ishdan bo‘shatiladi. Hammasi! Ularga 3 oy sinov muddati beriladi, agar aravani torta olsa, ishga tiklanadi, oyligini ham beramiz, kerak bo‘lsa mukofot ham beramiz.

Qani, ular ham muammolarni o‘zlarida his qilib ko‘rsin. Menga nasihat qiluvchilar kerak emas, natija ko‘rsatuvchi ijro organi kerak. 
Hamma sharoitni yaratib berdimmi, endi xalqqa xizmat qilinglar, natija ko‘rsatinglar», deya prezidentning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzuga oid