Namanganda hokimlik binosi oldiga qo‘ylarni haydab borgan fuqaro 10 sutkaga qamaldi
Namanganda hokimlik binosi oldiga qo‘ylarni yetaklab kelgan fuqaroga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, joriy yil 18 iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman sudining ochiq sud majlisida tuman hokimligi binosi oldiga qo‘ylarni olib kelgan fuqaro Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi 1-qismi, 104-moddasi 1-qismi, 161-moddasi, 183-moddasi va 194-moddasi 1 qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilgan.
Ma'lum qilinishicha, unga Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi 1-qismi bilan, ya'ni bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdoridagi jarima jazosi, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 104-moddasi 1-qismi va 161-moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdoridagi jarima jazosi, kodeksning 183-moddasi bilan 10 sutka ma'muriy qamoq jazosi, kodeksning 194-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdoridagi jarima jazosi tayinlandi.
Ma'lumot uchun, bir necha kun avval «Mubosher Laziz Azizbek fayz» MChJga tegishli bo‘lgan qo‘ylar Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tuman hokimligi binosiga haydab kelingandi.
Ma'lum bo‘lishicha, tuman hokimligi tomonidan ozuqa yetishtirish uchun yer ajratilmagani sababli cho‘ponlar shunday qarorga kelishgan.
Avvalroq, Samarqand viloyati Nurobod tumani hokimligi binosi oldiga 1,5 mingga yaqin qo‘y suruvi haydab kelinishi ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuv ko‘targandi.
Mavzuga oid
20:05 / 12.09.2024
Hududlarda tadbirkorlar quyosh panellarini o‘rnatishga majburlanmoqda. Vazirlik tomoshabinmi?
13:05 / 05.09.2024
Xitoy Namanganda misni qayta ishlash zavodini qurishi mumkin
10:27 / 20.08.2024
Namanganda uyidagi yashirin sexda qalbaki dori ishlab chiqargan feldsher va uning sheriklari qamaldi
23:10 / 14.08.2024