Iqtisodiyot | 16:14 / 21.06.2021
18779
1 daqiqa o‘qiladi
Dollarning rasmiy kursi ketma-ket pasayishdan so‘ng yana ko‘tarildi
Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e'lon qildi. Ushbu almashuv kurslari 22 iyundan kuchga kiradi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 19,25 so‘mga oshib, 10 586,85 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 4,94 so‘mga ko‘tarilib, 12 598,35 so‘mga teng bo‘ldi.
Rubl kursi esa 1,53 so‘mga pasaygan va 1 rubl 144,87 so‘mni tashkil etgan.
O‘zbekistonda o‘tgan hafta davomida dollarning rasmiy kursi qatorasiga uch kun pasaygan va jami 50 so‘mdan ortiqroqqa arzonlashgandi.
Dollar kursi 1 hafta oldingiga nisbatan 22,15 so‘mga (arzon) farq qilmoqda.
Mavzuga oid
21:14 / 11.11.2022
Dollarning rasmiy kursi 11200 so‘mdan oshdi
17:01 / 19.05.2022
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 11 100 so‘mdan pastga tushdi
16:50 / 06.04.2022
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ketma-ket ikkinchi kun pasaydi
16:18 / 16.03.2022