O‘zbekiston | 12:35 / 21.06.2021
6289
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda 19 yoshli qiz zo‘rlangani aytilmoqda. Hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida 19 yoshli qiz zo‘rlangani aytilmoqda. Viloyat IIB axborot xizmatining ma'lum qilishicha, hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 23 may kuni Past Darg‘om tumanidagi tekstil korxonalaridan birida ishlagan 19 yoshli qiz ish vaqtida zo‘rlangan. Qizning aytishicha, u o‘sha kuni tungi navbatchilikda ishlayotgan bo‘lgan. Korxona ustasi kelib, undan tashqariga chiqishni so‘ragan. So‘ng qo‘l-oyog‘ini bog‘lab, mashinada korxona yonida joylashgan qurilishi bitmagan bino oldiga olib borgan. O‘sha yerda mashina ichida zo‘rlagan.

Qayd etilishicha, qizning zo‘rlangani holati yuzasidan 28 yoshli A.F.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 118-moddasi 1-qismi (nomusga tegish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ayblanuvchiga nisbatan sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid