O‘zbekiston «Gazprom»ga gaz sotuvchidan sotib oluvchiga aylandi
O‘zbekiston “Gazprom”ga gaz sotuvchidan sotib oluvchiga aylandi. Bu haqda Rossiya konserni yevroobligatsiyalarining chiqarilishi bo‘yicha yangi memorandum hamda tegishli hisobotda xabar berilgan. Bu haqda “Interfaks” ma'lum qildi.
O‘zbekiston 2018 yilda “Gazprom”ga 3,8 milliard kubometr gaz yetkazib berdi, 2019 yilda yetkazib berish hajmini 4,9 mlrd kubometrgacha oshirdi, 2020 yilda esa ularni to‘xtatdi. 2021 yilning birinchi choragida o‘zbek gazi Rossiya konserniga yetkazib berilmagani yangi memorandumda tasdiqlangan.
Bundan tashqari, 2020 yilda “Gazprom” turkman gazini O‘zbekistonga yetkazib berishni boshladi: 2020 yilda 0,9 milliard kubometr yetkazib berildi. Memorandumga ko‘ra, 2021 yilning birinchi choragida 1,5 milliard kubometr (2020 yilning shu davrida yetkazib berilmagan) gaz berildi.
Shunisi e'tiborliki, O‘zbekiston 2021 yilning birinchi choragida “Gazprom/Turkmaniston”dan Xitoyga eksport qilishi mumkin bo‘lgan gazdan (0,54 milliard kubometr) uch baravar ko‘proq sotib oldi.
“Markaziy Osiyo mamlakatlari hozir juda tez rivojlanmoqda. Avvalo, bu O‘zbekistonga tegishli. Va biz bu mamlakatda iste'molning katta o‘sishini ko‘rmoqdamiz. Shuning uchun, albatta, gaz sotib olish u yoki bu darajada kamayadi, chunki davlat gazni o‘z ehtiyojlari uchun yo‘naltiradi, agar gap O‘zbekiston haqida ketayotgan bo‘lsa...”, deya may oyida o‘zbek gazi bilan bog‘liq vaziyatga izoh bergandi “Gazprom” boshqaruv raisi o‘rinbosari, “Gazprom eksport” MChJ bosh direktori Yelena Burmistrova.
Mavzuga oid
17:51 / 27.12.2024
O‘zbekiston qanday qilib yirik gaz eksportyoridan sof importyoriga aylandi?
14:37 / 27.12.2024
380 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi
12:29 / 27.12.2024
Toshkentda 316 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
21:05 / 22.12.2024