Jizzaxda somon ortgan «ZIL» ag‘darilib ketdi va M39 xalqaro avtomobil yo‘lida qatnovni to‘sib qo‘ydi
Jizzax viloyatida somon ortgan «ZIL» ag‘darilib ketdi va M39 xalqaro avtomobil yo‘lida qatnovni to‘sib qo‘ygan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 23 iyun kuni soat taxminan 19:00larda M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Jizzax viloyati hududidan o‘tgan 970-kilometrida «ZIL» yuk mashinasi ag‘darilib ketgan. Uning ustiga yuklangan somon toylar yo‘lning qarama-qarshi tomoniga to‘kilib, yo‘lni to‘sib qo‘ygan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, mazkur yo‘l-transporti hodisasining sodir bo‘lishiga «ZIL» haydovchisi tomonidan yo‘l harakati qoidalarining yuk tashish talablarini qo‘pol ravishda buzilishi sabab bo‘lgan. U transport vositasiga belgilangan me'yordan ortiqcha yuk ortib harakatlanishi davomida rul boshqaruvini yo‘qotgan, so‘ng, yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilib ag‘darilib ketgan.
Qayd etilishicha, mazkur yo‘l-transport hodisasida tan jarohatlari olgan haydovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, «ZIL» ag‘darilishi oqibatida yuk avtomashinasi jiddiy shikastlangan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 4 iyun kuni Jizzax viloyatida belgilangan me'yordan ortiqcha yuk ortib harakatlangan yuk mashinalariga YPX inspektorlari tomonidan chora ko‘rilishi davomida ularning haydovchilari norozilik bildirib, M39 xalqaro avtomobil yo‘lini yopishga urinishgandi.
Mavzuga oid
09:25 / 06.11.2024
Jizzaxda qariyb 800 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro aniqlandi
08:30 / 28.10.2024
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashdi
22:09 / 14.10.2024
Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
20:36 / 12.10.2024