Konditsionerni qanday to‘g‘ri moslash mumkin?
Texnika sizga “siz” deb murojaat qilsin.
Atrofda sodir bo‘layotgan har bir narsani anglash doimo yoqimli. Har kuni dunyo tezlik bilan o‘zgarmoqda, yangi texnologiyalar paydo bo‘lmoqda, muloqot qilishning yangi uslublari paydo bo‘lmoqda va barcha sohalardan xabardor bo‘lish esa qiyinlashib bormoqda. Ammo yangi texnologiyalar qanchalik murakkab bo‘lmasin, asosiysi – interfeysni intuitiv tushunishdir. Biron bir qiyin vazifani tasavvur qilib ko‘ring: tan olishimiz kerak, istalgan natijaga erishish uchun uni o‘zi nima ekanligini, qay tartibda amalga oshirish lozimligini tushunishimiz vazifani osonroq bajarishimizga imkon beradi.
LG Electronics (LG) kompaniyasi oddiy va qulay foydalanish uchun murakkab texnologiyalarni yaratadi. Taxminimizcha, biron bir gadjetni ishlashida qanchalik katta sondagi turli mikrosxemalar va boshqa komponentlar biriktirilishi haqida hamma ham o‘ylab ko‘rmaydi. Muhimi – natija. Buni esa LG juda yaxshi uddalamoqda.
Har qanday texnikani sotib olayotganda birinchi navbatdagi maqsad – qulaylik, oson ishlatish, foyda va oddiylik. Bu barcha afzalliklar sizlarga texnikani qanday sozlash, boshqarish, u bilan qanday qilib maksimal darajada samarali va foydali ishlash haqida oddiy tushuncha berishi mumkin.
LG kompaniyasi sovitish va isitishdan tashqari siz nafas oladigan havoni tozalovchi konditsionerni yaratdi. Havo tozalovchi funksiyali LG DUAL COOL'da aqlli RM 1.0 datchigi o‘rnatilgan bo‘lib, u real vaqt rejimida havodagi 1 mikrometrgacha bo‘lgan ifloslantiruvchi moddalarning konsentratsiyasini kuzatib boradi. Ishonchlilik va chidamlilik maqsadida DUAL Inverter Compressor™ o‘rnatilgan bo‘lib, kompressorga 10 yilgacha kafolatlangan xizmat qilish muddatini beradi. Ikki tomonlama invertorli kompressor tufayli konditsioner samaradorligi oshgan, ya'ni sovitish tezligi 40 foizga ortib, energiya sarflash esa 70 foizgacha qisqargan.
LG DUAL COOL konditsioneri o‘z ehtiyojlariga qarab oson moslasha oladi. Pultdan boshqara turib, siz turli ish rejimlarini tanlashingiz mumkin. Masalan: qulay uyqu rejimi avtomatik holda 3 turli funksiyalarni sozlagan holda (to‘g‘ridan to‘g‘ri tushmaydigan havo oqimi/7 soatdan so‘ng o‘chish/uyqu davomida mayin shamol taratish mantig‘i) uyqu uchun maksimal qulay mikroiqlimni ta'minlab beradi; tezkor isitish – to‘rt tomonlama avtoaylanish atrofdagi muhitni inobatga olgan holda havo oqimini sozlaydi hamda yashash joylarida iliq havoni optimal taqsimlanishi va tezroq isishini ta'minlab beradi; Jet Dry – namligi yuqori bo‘lgan xonalarda mayinlikni ta'minlash va ortiqcha namlikni yo‘qotish uchun havoni quritishni asosiy vazifaga qo‘yadi. Shuningdek, pult orqali havo oqimi, misol uchun, o‘ynayotgan bolalarga qarata yo‘naltirilmasligi uchun 6 darajali to‘sqichlarni boshqarish mumkin.
Yuqoridagilardan tashqari, havo tozalovchi funksiyali LG DUAL COOL konditsionerini LG ThinQ texnologiyasi orqali aqlli uyga ulash mumkin. LG kompaniyasining aqlli uy texnologiyasi unga ulangan moslamalarni masofadan turgan holda boshqarishga imkon beradi. Sizning endilikda yoqish/o‘chirish, filtr holatini tekshirish, hafta ichida ish tartibini dasturlash (ya'ni siz hafta davomida har bir kun uchun konditsioner qaysi vaqtda xonani isitish yoki sovitish uchun yoqilishi kerakligi bo‘yicha aniq parametrlarni qo‘yishingiz mumkin) imkoningiz bo‘ladi. LG ThinQ ilovasi sizning geoma'lumotlaringiz hamda OccuWheather'dagi havo haqidagi taxminlar asosida sizga sovitish yoki isitishni yoqish shart-shart emasligini ko‘rsatadi. Masalan, shaharda havo harorati yuqori, taxminan noldan 35°S yuqorida bo‘lsa, sizga qaytguningizga qadar uyingiz muhiti shinam va qulay bo‘lishi uchun xonadagi konditsionerni sovitish rejimiga sozlash taklifi bilan sizning telefoningizga eslatma keladi. Shuningdek, servis markazlariga bormay yoki uyga mutaxassis chaqirmay o‘z texnikangizni diagnostika qilish imkoni ham mavjud.
Texnikangiz siz uchun imkon qadar uzoqroq xizmat qilishi uchun har doimo maishiy texnikalar ishlatish bo‘yicha qo‘llanma va tavsiyalarga amal qiling.
Sayt: lgblog.uz
Instagram: @lguzbekistan
Reklama huquqi asosida